Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-25 23:30:11    76

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish yuzasidan 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Madaniyat markazida ijtimoiy himoyaga muhtoj va kamta’minlangan oilalar farzandlari, shuningdek, nogironligi bo‘lgan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tadbirda tuman rahbari I.Novikov ham ishtirok etdi. Tadbir davomida 2 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarga nogironlik aravachasi, eshitish moslamasi hamda tadbirda ishtirok etayotgan bolajonlarga tuman hokimligining esdalik sovg‘alari topshirildi.


Shuningdek, 1-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari xodimlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig‘ilishlar o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“FERGANA GLOBAL TEXTIL” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar ham o‘rganilib, mutasaddi rahbarlarga suvdan oqilona foydalanish maqsadida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimini kengaytirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram