Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYLOV-2021

×

 2021-09-25 11:59:31    65

PDF yuklash
Chop etish



MENING ILK OVOZIM

Yoshim oʼn sakkizda. Birinchi ovoz berishim boʼlajak Prezident uchun boʼlishini oʼylasam, hozirdan hayajonlanyapman. Demak, yurtimizning kelgusi besh yillikdagi taraqqiyotini belgilovchi bu muhim siyosiy tadbirda mening ham oʼz ovozim boʼladi!

Saylovga daxldorligim munosabati bilan televidenie, ijtimoiy tarmoqlarda mavjud beshta partiya qoʼygan nomzodlar, ularning dasturlari haqidagi chiqishlarni diqqat bilan kuzatib boryapman. Birinchi ovoz beradigan doʼstlarim ham shunday. Nomzodlar haqida fikrlashamiz, baʼzan tortishamiz ham. Bu borada har kim oʼz fikriga ega boʼlishi kerak-da.

Saylov oʼtadigan 24 oktyabar kuni oʼzimizning uchastkamizga borib, ovoz berish kabinasiga kirganimizda, el-yurt "yuki"ni koʼtarishga qodir insonni tanlab ovoz berishimiz, Oʼzbekistonimizning bundan keying besh yilligi taqdirini belgilashini unutmasligimiz kerakligini his qilib turibman. Ishonchim komilki, hamqishloqlarimiz saylovda faol ishtirok etadilar.

Jahongir RASULXOʼJAEV,

1-kasb-hunar maktabi talabasi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram