Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-24 19:34:16    129

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash hamda ijobiy hal etish maqsadida, “Soy bo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Qabul davomida 8 nafar fuqarolar 9 ta masalalar bilan murojaat qildilar. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammo va takliflarni o‘rganib chiqib, ijobiy hal etish hamda natijalari yuzasidan tegishli tartibda javob xatlari yuborilishi yuzasidan mas’ul korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berildi.


Shuningdek, “Katta beshkapa”, “Do‘rmon”, “Shodlik”, “Langar” va “Solijonobod” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tuman rahbari 20-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishdi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


8-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


“Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Mas’ul idora hamda pudratchi tashkilot rahbarlariga yo‘l qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

“Qumtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlar ishtirokida hududda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hunarmandlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan sohani rivojlantirish uchun hunarmandlarni talab va istaklari asosida tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Paxta hosilini yig‘ib-terib olish, kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram