Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 30 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XORMANG, PAXTAKORLAR! (FOTO)

×

 2021-09-24 17:31:30    128

PDF yuklash
Chop etish



Chanoqlardagi oppoq bo‘lib ochilgan lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar beixtiyor kishi e’tiborini o‘ziga tortadi. Bobodehqonning yil o‘n ikki oy qilgan mehnati samarasidan ko‘zingiz quvnaydi. Qo‘shtepa tumani dehqonlari bu yil ham dalalarda chinakkamiga g‘ayrat-shijoat ko‘rsatdilar. Tabiat injiqliklari, suv taqchilligi dehqonlarning tajribakorligi, ishbilarmonligi evaziga yengildi. Paxta maydonlarida mo‘l hosil yetishtirildi. Dehqonlar oldida turgan bugungi vazifa tumanmiz “oq oltin” xirmonini tezroq bunyod etishdan iborat.


X.Qosimov rahbarlik qilayotgan “An nur obod yerlari” fermer xo‘jaligi dalalarida 52.9 gektar paxta ekilgan bo‘lib, ayni kunda paxtakorlar 166 tonnalik marrani zabt etish uchun ildamlamoqdalar.

Bugun “An nur obod yerlari” fermer xo‘jaligi dalalarida bo‘lib, paxtakor opa-singillarmiz va aka-ukalarimiz bilan dildan suhbatlashdik. Bir kunda 150-170 kilolab paxta terayotgan terimchilar O.Yunusova, N.Yunusova, M.Xolmirzayeva, M.Qosimovalar charchoq nimaligini bilmaydilar. Kuzning g‘animatli kunlaridan foydalanib paxta terishmoqda. Topgan daromadlariga ro‘zg‘orlarining kamini butlashga harakat qilmoqdalar.


Ayni tushlik mahali yetib kelgan ekanmiz. Daladagi qozonda osh ham pishib turgan ekan. Paxtakorlarimiz tushlikni tamomlab ulgurmay bir guruh mehmonlar kelishdi “Xormang, paxtakorlar!” degani.


Ular O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi I.Sultonov, O‘zXDP viloyat Kengashi raisi Z.Zoxidov, O‘zXDP viloyat kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektor mudiri M.Isomova, O‘zXDP Qo‘shtepa tuman Kengashi raisi Sh.Sharopov va O‘zXDPdan Qo‘shtepa tuman Kengashiga saylangan bir guruh deputatlar edilar.


Tuman kengashi deputati xushavoz xonanda S.Azimov paxtakorlar uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlab kelgan ekan. Bir zumda o‘zining diltortar qo‘shiqlarini ijro etib, opa-singillarimizni raqsga chorladi.

Bugun ular uchun chinakam bayram bo‘ldi. Tushlik paytida bir oz bo‘lsada, madaniy xordiq chiqardilar.

Tadbirda so‘z olganlar paxtakorlarimizning mashaqqatli mehnatlarini alohida e’tirof etishib, 24 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovda faol ishtirok etishga chaqirdilar.


O‘zXDPning xomiylik sovg‘alari paxtakor ayollarmiz uchun kutilmagan yana bir sovg‘a bo‘ldi desak yanglishmagan bo‘lamiz. Qiziqarli va mazmunli o‘tgan bugungi tushlikdan paxtakorlarimizning dillari yayrab, tadbir ishtirokchilariga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram