Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-24 08:40:31    83

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Dehqon bozori” mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


“Qumtepa”, ”Qamishtepa”, “Namuna”, “Qiyqi” va “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, 24-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamta’minlangan xotin-qizlar hamda ishsiz yoshlarning badligini ta’minlash va tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali ularni doimiy daromadga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda qolgan fuqarolarni istaklari asosida shakillantirilgan chora-tadbirlarni belgilangan muddatda bajarilishi hamda ro‘yxatdan chiqarish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram