Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 52 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

ADOLATLI QAYNONA – MUSTAHKAM OILA ASOSI

×

 2021-09-20 20:56:05    78

PDF yuklash
Chop etish



Xalqimiz uchun muqaddas bo‘lgan oila asoslarini yanada mustahkamlab, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yarata olgan, hayot saboqlari bilan yoshlarga ibrat ko‘rsatayotgan ayollarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida tuman hokimligi va mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, mahallalardagi targ‘ibot guruhi a’zolari hamkorligida “Adolatli qaynona” ko‘rik tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

3-sektor kesimidagi tadbir 2-sonli kasb-hunar maktabida o‘tkazilib, unda farzandlar, nabiralar tarbiyasi, oilada ahillik, ma’naviy muhit barqarorligi, hayotiy tajribalar borasida boshqalarga ibrat bo‘lib kelayotgan ayollarimiz ishtirok etishdi.

Bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimining maslahatchisi M.Mo‘ydinova ham ishtirok etdi.

– Ota-bobolarimiz oila muqaddasligiga alohida e’tibor qaratishgani bejiz emas, – deydi M.Mo‘ydinova. – Biz oilaga suyanamiz, undan kuch-g‘ayrat olamiz, orzu-umidga to‘lamiz, hayotga ishonchimiz manbai shu qutlug‘ dargohdan boshlanadi, shu bois uni asrab-avaylaymiz. Yoshi ulug‘ ota-onalar ko‘pni ko‘rgan insonlardir. Oilaviy hayotda u yoki bu masalaga, garchi kichikday ko‘rinsa ham, aslo beparvolik qilib bo‘lmaydi. Kichik muammo beixtiyor kattalashib qolishi mumkin, uni o‘z vaqtida payqab, hal qilish oila va jamiyat mustahkamligiga xizmat qiladi. Yoshlarga ana shu kabi hayot haqiqatlarini uqtirish vazifamiz sanaladi.

“Adolatli qaynona” ko‘rik tanlovida U.Abdullayeva, F.Ortiqova va Z.Oxunovalar g‘olib deb topildilar. 

Gʻoliblarni taqdirlash marosimida opa-singillarimizning hayotiy tajribasi, oilalarning mustahkamligini ta’minlashda tutgan roli o‘rnak bo‘la olishi alohida e’tirof etildi. Oilalar tinch-totuv va farovon hayot kechirayotgan xonadondan fayzu baraka arimaydi. Har bir oilaning baxtu saodati yurtimizdagi tinchlik-osoyishtalik, jamiyat barqarorligining hayotiy mezonlaridan sanaladi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram