Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 35 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-20 19:57:44    96

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda aholi tomorqalaridan samarali foydalanish hamda aholi daromadlarini oshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Mas’ul rahbarlarga tomorqadan samarali foydalanishni tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda kichik biznes, xususiy va oilaviy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni har tomonlama rag‘batlantirish, eksport faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida 1-sektor shtabida tuman hokimining navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Qabulda tumanda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan 7 nafar tadbirkorlar turli masalalar bilan ishtirok etishdi. Qabul davomida ko‘tarilgan taklif va muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan muddatlar belgilanib, tegishli korxona va tashkilot rahbarlariga ko‘rsatmalar berildi.


“Qumtepa”, “Namuna”, “Qiyqi” va “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inlarida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga obodonlashtirish ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

35-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Qayilma” shifokor xizmat uyida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


14-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan tuman rahbari bolajonlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, sanitariya-gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram