Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

 “ADOLATLI QAYNONA” KO‘RIK TANLOVI O‘TKAZILDI

×

 2021-09-19 20:48:18    104

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida 4 ta sektorga qarashli mahalla fuqarolar yig‘inlari o‘rtasida mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi, mahallalardagi targ‘ibot guruhi a’zolari hamkorligida “Adolatli qaynona” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovni o‘tkazishdan maqsad eng faol, tashabbuskor, jamoa va oilada namuna ko‘rsata olgan, saviyasi, dunyoqarashi keng, siyosiy ongi yuqori, xalqimiz uchun muqaddas bo‘lgan oilaviy birdamlik, xonadonlarida tinchlik xotirjamlik, ahillik va o‘zaro hurmat muhitini yarata olgan ayollarni aniqlash va ularni rag‘batlantirishdan iboratdir.

Gʻoyat qizaqarli bo‘lib o‘tgan tadbirda g‘oliblar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram