Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO‘NGILLI OTINOYILAR PAXTA YIGʻIM-TERIMIGA HASHARGA CHIQDILAR

×

 2021-09-19 08:10:14    108

PDF yuklash
Chop etish



Bugun paxtazorlar oppoq tus olgan. Lo‘ppi-lo‘ppi ochilgan paxtalar ko‘zni quvontiradi. Axir quvonmay bo‘ladimi? Bu hosilni yetishtirish, uchun ozmuncha zahmat chekildimi?  

Lekin qiyinchiliklar ortda qoldi. Tadbirkor fermerlar fidokorona mehnat qilib, barakali xirmon tiklashga zamin yaratishdi. Endigi asosiy vazifa milliy boyligimiz bo‘lgan paxtani nest-nobud qilmay, yig‘ishtirib olishdan iborat.

Bugun paxtazorlarda hayot qaynamoqda. Paxta hosilini ochiq kunlarda barvaqt yig‘ishtirib olish maqsadida ko‘ngilli terimchilar dehqonlarga yordamga oshiqmoqdalar.

Tumanimizdagi “Qumtepa Qamishtepa” MMTP hududidagi “Xayotjon Ismoiljon” fermer xo‘jaligiga 67 nafar ko‘ngilli otinoyilar paxta yig‘im- terimiga hasharga chiqdilar. Kun davomida 3 tonna 200 kg paxta terishib, yurtimiz xirmoniga o‘z xissalarini qo‘shishdi.


Tuman hokimi I.Novikov paxta dalasida bo‘lib, hasharchi otinoyilarni taqdirladi. Terimda ishtirok etgan barcha otinoyilar o‘zlariga ko‘rsatilgan e’tibordan va dalada yaratilgan shart- sharoitlardan mamnun bo‘lishdi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram