Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 31 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-18 18:37:00    74

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Mas’ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish bo‘yicha 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish va amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


8-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Oqtepa” qishloq vrachlik punktida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yetishtirilgan paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram