Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLALARDA TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA

×

 2021-09-18 18:15:14    80

PDF yuklash
Chop etish



“Eshonguzar” mahallasidagi 49-umumta’lim maktabida “Qonunlarni hurmat qilaman va unga amal qilaman” shiori ostida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova hamda mahalla targ‘ibotchilar guruhi a’zolari, xotin-qizlar jamoatchilik kengashi vakillari qatnashdilar.

Suhbatga maktab ichki tartib qoidalariga rioya qilmayotgan qizlar jalb etildi.

Tadbir davomida yoshlarni ta’lim tarbiya olib mustaqil hayotda o‘z o‘rnini topishlari va jamiyat rivojida yetakchi kuchlardan biriga aylanishlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan sharoit va imkoniyatlar, begilab berilgan imtiyozlar, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati va ahamiyati, ta’lim to‘g‘risidagi qonun, xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilab berilgan umumta’lim maktablarining ichki tartib qoidalari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.


Konstitusiyamizda belgilab berilgan huquq va majburiyatlarimizdan biri belgilangan ichki tartib-qoidalarni hurmat qilish ekanligi tushuntirildi.

Shuningdek, “Sarmazor”, “Quvurboshi”, “Xumdon”, “Baland masjid” mahallalarida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda tibbiyot sohasining mutaxassislari va tibbiy maslahatga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Suhbat davomida bugungi kunda xotin-qizlar orasida uchrayotgan ko‘krak bezi saratoni va boshqa kasalliklar, ularni davolash yo‘llari haqida mutaxassislarning maslahatlari eshitildi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari tomonidan javob va tavsiyalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram