Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUNARMAND AYOLLAR ISHTIROKIDA MAHORAT DARSI O‘TKAZILDI

×

 2021-09-18 17:45:20    90

PDF yuklash
Chop etish



“Soybo‘yi” mahalla fuqarolar yig‘inidagi mahalla guzarida “Mahallamizning faxriy hunarmand ayollari” loyihasi doirasida hududda samarali faoliyat olib borayotgan hunarmand ayollar ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi M.Mo‘ydinova, “Tadbirkor ayol” uyushmasi rahbari O.Xakimova, Hunarmandlar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari D.Baxromovalar ishtirok etishdi.

Shuningdek, mahalladagi do‘ppido‘z ustalar, qo‘li gul chevarlar hamda endigina tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan tadbirkorlar taklif etildilar.


Katta hayot va hunar maktabiga ega bo‘lgan do‘ppido‘z ustalar o‘zlarining hunar sirlari va yutuqlari haqida, hunar bilan oila boqib el taniganlari haqida yoshlarga so‘zlab berdilar.

Tadbirkorlik ko‘nikmalarini, hunarmandchilik sirlarini endi o‘rganishni boshlagan yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatdilar.

Kasb sirlari va nozik jixatlari bo‘yicha o‘tkazilgan savol-javoblardan so‘ng tadbirkor ayol uyushmasi tomonidan o‘qitilgan bir qator ayollarimizga o‘quv kursini tamomlaganliklari to‘g‘risidagi sertifikat hamda faol tadbirkorlarga faxriy yorliklar topshirildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram