Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-17 19:09:56    130

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kamta’minlangan oilalar, xotin-qizlar hamda ishsiz yoshlar badligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish orqali doimiy daromadga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Temir daftar”, “Ayollar daftari” hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy hamda moddiy qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar mutasaddi rahbarlar ishtirokida muhokama qilindi. Tuman hokimi I.Novikov tomonidan “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda qolgan fuqarolarning istaklari asosida shakillantirilgan chora-tadbirlarni belgilangan muddatda bajarilishi hamda ro‘yxatdan chiqarish choralarini ko‘rish, shuningdek, “Temir daftarda” qolgan kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni doimiy qo‘llab-quvvatlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


 “Isaqov O‘lmasboy asil mahsulotlari” oilaviy korxonasi tomonidan “Qorakaltak” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etilgan issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Tadbirkorga yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini oshirish hamda eksportni yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Tumandagi Axborot kutubxona markazida joylashgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilib, mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli “Langar” bo‘limi shifoxonasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda emlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga aholini koronavirus kasalligiga qarshi vaksina bilan emlash bo‘yicha tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


“Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganildi. Mas’ul idora hamda pudratchi tashkilot rahbarlariga yo‘l qurilish ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Shuningdek, paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Mas’ul rahbarlarga paxta hosilini yig‘ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram