Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-09-17 18:28:18    90

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil 15 sentabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bu yerda radar o‘rnatilmasa bo‘lmaydi” sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat e’lon qilindi.

Murojaatda: – “Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani Yangiariq MFY Yangi avlod ko‘chasidan murojaat qilyapmiz. “Yangiariq azizlari” qabristoni yo‘lida mashinalar juda tez harakatlanishi oqibatida avariyalar ko‘p ro‘y bermoqda. Masalan, 2 nafar yosh bola va bir nafar katta odam avtohalokat tufayli vafot etdi. Bolalar yurishi uchun trotuar bor, lekin mahalla raisi piyodalar yo‘lagida do‘kon qurishga ruxsat bervorgan. Ushbu hududga radar o‘rnatishlari va piyodalar yo‘lagini ochib qo‘yishlarini so‘raymiz. Begunoh insonlar jabr ko‘rmasin” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu tanqidiy murojaatdan so‘ng Qo‘shtepa TYFUK tomonidan 4K 858 Marg‘ilon O‘roqbolg‘a A-373 avtomobil yo‘lining 7-9 km oralig‘ida 2 dona 5.43 “Radar” yo‘l belgisi o‘rnatildi. Shuningdek, 2 joyda piyodalar o‘tish joyi belgilandi. Avtomobil yo‘lining 8-9 km.lari oralig‘iga 500 metr masofada piyodalar yo‘lakchasi qurish ishlari rejalashtirilgan bo‘lib, xozirda 30 metr uzunlikda piyodalar yo‘lagi qurish ishlari boshlanganligini ma’lum qilamiz.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram