Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 206 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

SAYYOR QABUL: OCHIQ VA OSHKORA MULOQOT

×

 2021-09-17 12:18:11    99

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov “Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida aholining turli qatlamlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni kengaytirish, mavjud dolzarb muammolarni aniqlash, ularni bevosita joyida bartaraf etish yuzasidan aniq va tezkor choralar ko‘rish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.


“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkillangan sayyor qabulda hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va idoralar rahbarlari, tegishli mutasaddilar qatnashdilar.

Yuzma-yuz shaklidagi muloqotda ushbu mahallada yashovchi 10 nafarga yaqin fuqarolarning suv va elektr ta’minoti, uy-joy, sog‘liqni saqlash kabi masalalarga oid murojaatlari tinglandi.


Ochiq va oshkora muloqotda tuman rahbari o‘z qabuliga najot va umid bilan kelgan har bir fuqaroning ko‘targan masalasiga, dardu tashvishlariga quloq tutdi. Har bir murojaatga adolatli va qonuniy yechim izlandi. Masalaning tegishligi bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriq berildi.

Xulosa o‘rnida aytganda, bunday sayyor qabullarni o‘tkazilishi, muhimi, bugun hokimlarimiz o‘zlarini xalq bilan hamnafas tutishayotgani odamlarning adolat izlab idorama-idora yurishi yoki turli sarsongarchiliklarga ro‘para kelishining oldini olib, muammoni joyida hal qilish imkonini bermoqda.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram