Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-16 20:10:38    90

PDF yuklash
Chop etish



Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish va ijobiy hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


“Dehqon bozori” hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


15-umumta’lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari bilan tanishildi. Mas’ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


18-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e’tibor qaratish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.


“Yangi do‘kon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida hunarmandchilikni rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, mas’ul rahbarlar ishtirokida hududda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hunarmandlar bilan davra suhbati o‘tkazildi. Sohani rivojlantirish uchun hunarmandlarni talab va istaklari asosida tizimli ishlarni tashkil etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.


Tuman hokimligining majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi qoshidagi loyihani amalga oshirish guruhi mutaxassisi Sh.Axmedov, ko‘makdosh hamkorlar, taraqqiyot, aholi turmush tarzini rivojlantirish NNT tashkilot vakillari N.Po‘latov, Sh.Azizov, N.Xudoynazarova hamda mutasaddi korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 25 noyabr kungi “Jaxon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi va Osiyo infratuzilmaviy investisiyalar banki” ishtirokida “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4898-sonli qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha tuman hokimligi hamda mas’ul tashkilot rahbarlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tasdiqlandi. Tuman hokimi tomonidan ishchi guruhga kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram