Shrift o'lchami Rang Rasm

<< SENTYABR 2021 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930   

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

# JARAYON 

×

 2021-09-15 20:56:48    35

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi mahalla fuqarolar yig’inlarida aholi xonadonlari hamda o’quv muassasalarida aholining ayniqsa, xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi hamda huquqiy savodxonligini oshirish, oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, milliy libos va qadriyatlarimizni targ’ib etish maqsadida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova “Qorakaltak” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, mahalla mas'ullari bilan hamkorlikda Najmiddinovlar oilasidagi aka va ukaning kelishmovchiligini bartaraf etish yuzasidan suhbat o’tkazilib, muammoni bartaraf etish yo’llari o’rganildi.


Tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda mahalla targ’ibot guruhi a'zolari hamkorligida mahallalarda ayollar bilan suhbatlar o’tkazilib, asosiy e'tibor oilalar mustahkamligi, yoshlar tarbiyasi, diniy muta'siblikni oldini olish masalalariga qaratildi

Shuningdek, ajrim yoqasida bo’lgan oilalar va ularning qaynota va qaynonalari bilan suhbatlar o’tkazildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram