Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 9 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABIDA “OCHIQ ESHIKLAR” TADBIRI BO’LIB O’TDI

×

 2021-09-15 16:05:57    319

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Yangi ko’nikmalar sari” shiori ostida “Ochiq eshiklar” kuni tadbiri bo’lib o’tdi.

Tadbirda to’garak rahbarlari o’zlari tayyorlagan ko’rgazmalari va badiiy chiqishlari bilan mahoratlarini namoyon etdilar.

Tadbirda so’z olgan maktab direktori K.Jiyanov yangi o’quv yili bilan barcha pedagoglar va to’garak a'zolarini tabriklab, yangi o’quv yilida yuqori natijalarga erishishlariga umid va ishonch bildirdi. 



To’garak a'zolari tomonidan ona vatan haqida she'r, qo’shiq va raqslar ijro etildi. Mental arifmetika to’garagi a'zolari ishtirokida o’yla, izla, top mashqlari bajarildi. Bichish-tikish to’garagi a'zolari liboslar ko’rgazmalarini namoyish etgan bo’lsalar, ingliz tili to’garagi a'zolari esa Barkamol avlod bolalar maktabi haqida ma'lumotlarni ingliz tilida so’zlab berdilar.

Tadbir davomida eng yaxshi zamonaviy ko’rgazmalar tayyorlagan to’garaklar e'tirof etilib, ular rag’batlantirildi. 


Yosh avlodni ma'nan va jismonan barkamol bo’lib kamol topishida ulkan sabr-matonat bilan mehnat qilayotgan, tadbir va tanlovlarda muvaffaqiyatli qatnashib, munosib o’rinlarni egallagan bir qancha to’garak rahbarlariga maktab ma'muriyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg’alari topshirildi. 


Yangi 2021-2022 o’quv yili davomida “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan to’garaklar nomlari e'lon qilinib, o’quvchilar to’garak mashg’ulotlariga taklif etildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram