Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT

×

 2021-09-15 15:38:13    84

PDF yuklash
Chop etish



Bugun ijtimoiy tarmoqlar orqali “Bu yerda radar o’rnatilmasa bo’lmaydi” sarlavhasi ostida tanqidiy murojaat e'lon qilindi.

Ushbu murojaatda: “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Yangiariq MFY Yangi avlod ko’chasidan murojaat qilyapmiz. “Yangiariq azizlari” qabristoni yo’lida mashinalar juda tez harakatlanishi oqibatida avariyalar ko’p ro’y bermoqda. Masalan, 2 nafar yosh bola va bir nafar katta odam avtohalokat tufayli vafot etdi. Bolalar yurishi uchun trotuar bor, lekin mahalla raisi piyodalar yo’lagida do’kon qurishga ruxsat bervorgan. Ushbu hududga radar o’rnatishlari va piyodalar yo’lagini ochib qo’yishlarini so’raymiz. Begunoh insonlar jabr ko’rmasin” – deya shikoyat qilingan.

Ushbu murojaat yuzasidan tuman hokimligi va shu soha mutaxassislari tomonidan o’rganish ishlari olib borilayotganligini va o’rganishlar nihoyasiga yetgach yana batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.

Qo’shtepa tumani hokimligi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram