Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 32 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

MAHALLA TARG’IBOT GURUHI A'ZOLARI FAOLIYATIDAN

×

 2021-09-15 11:54:09    82

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi mahalla targ’ibot guruhi a'zolari tomonidan mahallalardagi xonadonlarda, o’quv muassasalarida oilalar mustahkamligi va barqarorligini ta'minlash, ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish, xotin-qizlarni kiyinish va muomala madaniyatini tartibga solish masalalarida ma'rifiy tadbirlar, yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar tashkil etildi. Ushbu tadbirlarni o’tkazishdan maqsad oilalarni yanada mustahkamlash, ajrimlarni oldini olish, xotin-qizlar o’rtasida ijtimoiy ma'naviy muhitni sog’lomlashtirishdir.

Xususan, “Qorakaltak” mahallasidagi Ravnaq ko’chasida istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan milliy urfda kiyinish borasida suhbat o’tkazildi.

Tumanimizdagi 2-kasb hunar maktabi o’quvchi qizlari bilan kiyinish madaniyati bo’yicha suhbat olib borildi.


Qo’rg’oncha mahallasida yashovchi A.Boltaboyeva bilan oilaviy masalada suhbat o’tkazilib, uning muammosi hal etildi

“Baland masjid” mahallasida yashovchi, ajrim yoqasiga kelib qolgan Maxmudovlar oilasi murosaga keltirilib yarashtirildi.

“Kichik Beshkapa” mahallasida istiqomat qiluvchi Ortiqovlar oilasi ham yarashtirilib, ularning 3 nafar farzandi ota-onasi bag’riga qaytdi.


“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’inida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi Qonunga kiritilgan o’zgarishlar hamda xozirgi kundagi dolzarb bo’lgan paxta yig’im-terimida ishtirok etish istagidagi fuqarolarga yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan suhbat o’tkazildi.

Shuningdek, paxta dalasida sidqidildan mehnat qilayotgan xotin-kizlarimizning mehnat sharoitlari o’rganilib, ilg’or terimchilar esdalik sovg’alari bilan rag’batlantirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram