Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 61 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HUQUQIY MASLAHATXONA

×

 2021-09-15 10:59:35    78

PDF yuklash
Chop etish



Savol:

Qanday qilib bola asrab olsak bo’ladi?

A.Abdukarimov

Javob:

 Oila kodeksining 151-moddasiga ko’ra farzandlikka olishga faqat voyaga yetmagan bolalarga nisbatan va faqat ularning manfaatlarini ko’zlab yo’l qo’yiladi.

Farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko’ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to’g’ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.

Farzandlikka olish to’g’risidagi ishlar O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksida nazarda tutilgan qoidalar bo’yicha alohida ish yuritish tartibida, farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlari vakillari, shuningdek, prokuror ishtirokida sud tomonidan ko’rib chiqiladi.

Bunda bolani mehribonlik uyi orqali u yerdagi tarbiyalanuvchilar orasidan yoki boshqa fuqarolarning farzandini ularni roziligi asosida amalga oshirish lozim bo’ladi.

Qo’shtepa tumani Adliya bo’limi boshlig’i A.Xomidov.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram