Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

O’QUV-SEMINAR BO’LIB O’TDI

×

 2021-09-14 17:15:08    73

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo’lib o’tadigan kun 24 oktyabr sanasi ham tobora yaqinlashmoqda. Shu maqsadda bugun Qo’shtepa tumani 15-sonli musiqa maktabining majlislar zalida “O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish jarayonlarida mahalla tizimi xodimlarining vazifalari” mavzusida o’quv-seminar bo’lib o’tdi.

Ushbu o’quv-seminarda Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligidan R.Isomiddinov, tuman hokimi o’rinbosari – Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash bo’limi boshlig’i Z.Kamilov va mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlari ishtirok etishdi.

Seminar davomida mahalla fuqarolar yig’inlari xodimlariga aholining saylovlarda ishtiroki, saylovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish jarayonlari, mahalla xodimlarining uchastka saylov komissiyalari faoliyatidagi ishtiroki va ular bilan hamkorligi, mahalla xodimlarining kuzatuvchilar, shu jumladan xalqaro kuzatuvchilar bilan o’zaro munosabatlari, saylovni o’tkazishda aholini karantin qoidalariga rioya etilishini ta'minlashda mahalla xodimlarining o’rni haqida Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligi xodimi R.Isomiddinov tomonidan atroflicha tushuntirishlar berildi. 


O’tkazilgan o’quv-seminar davomida Prezident saylovi yuksak siyosiy tafakkur mahsuli — mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasida o’z ifodasini topgan ilg’or demokratik g’oyalarning ro’yobi, O’zbekistonning yuksak taraqqiyotiga xalq bildiradigan komil ishonchning amaldagi yana bir yorqin ifodasi ekanligi, saylovchilarning saylovda, ovoz berishda ishtirok etishi bu majburiyat emas, balki huquq sanalishi, bu huquqdan samarali foydalanish, o’z taqdirini davlat, jamiyat, xalq taqdiri bilan bog’liq holda ko’rish, mamlakatda amalga oshirilayotgan insonparvar, adolatli islohotlarning faol ishtirokchisi bo’lish har bir fuqaroning insoniylik burchi ekanligi ta'kidlandi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolar yig’ini xodimlari tomonidan saylov qonunchiligiga oid ko’plab savollar berildi va ularga saylov qonunchiligidan kelib chiqib, javoblar berildi.

Qo’shtepa tumani xokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram