Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

30-MAKTAB ZAMONAVIY VA KO’RKAM ZIYO MASKANIGA AYLANDI

×

 2021-09-14 12:56:15    144

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanidagi 30-umumta'lim maktabi zamonaviy va ko’rkam qiyofa kasb etdi.

 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-dekabrdagi                  “2021-2023-yillarda O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ 4936-sonli Qaroriga asosan 4 milliard 320 million so’m mablag’ hisobiga ushbu maktabga 240 o’rinli yangi o’quv binosi qurildi. Mavjud 400 o’rinli o’quv binosi mukammal ta'mirlandi.

Maktabda tadbirlarni o’tkazish uchun faollar zali, o’quvchilarni sog’lom ovqatlanishlarini tashkil etish uchun oshxona ham tashkillanib, quvvati 640 o’ringa yetkazildi. Maktab to’liq qayta jihozlanib zamonaviy qiyofa kasb etdi. Joriy o’quv yilida 46 nafar pedagog xodimlar 617 nafar o’quvchilarga ta'lim-tarbiya beradilar.


Bugun zamonaviy va ko’rkam ziyo maskaniga aylangan maktabning ochilishi tadbiri bo’lib o’tdi.

Mazkur tadbirda Qo’shtepa tumani hokimi I.Novikov hamda sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, mutasaddi idora rahbarlari, Xalq ta'limi bo’limi rahbariyati va mas'ul xodimlari, shuningdek, maktab kuzatuv kengashi vakillari, mahalla nuroniylari hamda ota-onalar ishtirok etdilar.


Tadbirda so’z olgan tuman rahbari maktab jamoasi va o’quvchilarni yangi binoning foydalanishga topshirilishi bilan samimiy qutladi. O’quvchilarni yaratilayotgan barcha sharoitlardan unumli foydalangan holda puxta bilim olishga chaqirdi.


Tadbir davomida o’quvchi-yoshlar o’zlari tayyorlagan badiiy dasturlarini namoyish etishdi.


Mehmonlar maktabning o’quv binosidagi sinf xonalarida ham bo’lishib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram