Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 13 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-13 19:21:00    80

PDF yuklash
Chop etish



Tumanda “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda tuman hokimi I.Novikov ishtirok etdi va mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


 “Obod qishloq” dasturi asosida mukammal ta'mirlangan tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida o’quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasada joylashgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Saylov uchastkasidagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Maktabgacha ta'lim bo’limiga qarashli 6-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Sardoba ko’za plast” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati ham o’rganilib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.


Shuningdek, qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta va soya hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga paxta va soya hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekishga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram