Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-11 19:35:25    74

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi. Unda tumanimizdagi idoralarning mas'ul rahbarlari ishtirok etishdi. Aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 11-umumta'lim maktabida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari raislari hamda mutasaddi rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Mutasaddi rahbarlarga saylov uchastkalaridagi mavjud muammolarni qisqa muddatlarda yakunlash hamda qonunchilikda belgilangan tartibda jixozlash yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


12-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Qayrag’och mahalla fuqarolar yig’inida homiylik asosida mahalla fuqarolar yig’ini binosi qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram