Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
“PAXTA-2021”: RAG’BATLAR TERIMCHI OPA-SINGILLARIMIZGA YANADA KUCH BAG’ISHLAYDI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/ee83f5965b6d6f46807e7.jpg)
2021-09-11 18:52:43 208
![](https://telegra.ph/file/ee83f5965b6d6f46807e7.jpg)
Bugun Farg’ona viloyati hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi T.Tojiyeva va Qo’shtepa tumani hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinovalar T.Boboyev MMTPga qarashli “Jo’rabek – Qodir” va “Muhammadjon xoji” fermer xo’jaliklariga tashrif buyurishdi.
Terimda ishtirok etayotgan terimchilar bilan o’tkazilgan suhbatda milliy boyligimiz bo’lgan paxta yig’im terim hasharida faol ishtirok etayotganliklari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi.
Bir kunda 180 - 210 kilogramdan paxta terayotgan O.Otaboyeva, M.Zokirova singari terimchilar alohida rag’batlantirildi. Albatta bunday rag’batlar terimchi opa-singillarimizga yanada kuch bag’ishlaydi.
Qo’shtepa tumani hokimligi