Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 29 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-10 21:41:04    60

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Xumdon” mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “Farg’ona nasilli parranda” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, parrandachilikni rivojlantirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholini arzon hamda sifatli tuxum va go’sht mahsulotlari bilan ta'minlash maqsadida parrandachilikni rivojlantirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


“Xumdon” mahallasida tashkil etilgan “Istiqbol” kichik sanoat zonasida amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganilib, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman XTBga qarashli 3-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Ushbu mahallada qurilayotgan 3 podezli 30 xonadondan iborat 5 qavatli uy-joylar qurilishi hamda oqava suv tarmog’ini ta'mirlash bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Qurilish ta'mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli ko’rsatmalar berildi.


“Kichik beshkapa” mahalla fuqarolar yig’inida xususiy sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yig’ini binosi qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Mutasaddi rahbarlar hamda tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.

Shuningdek, tumanda 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta va soya hosilini yig’ib-terib olish hamda 2022 yil hosili uchun kuzgi boshoqli don ekinlarini ekish uchun yer tayyorlash va ekish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga paxta va soya hosilini nes-nobud qilmay yig’ib olish hamda g’alla ekish ishlarini tizimli tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram