Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

DAVRA SUHBATI: “SOG’LOM AYOL – SOG’LOM OILA”

×

 2021-09-10 15:19:43    76

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani tibbiyot birlashmasining ma'naviyat zalida “Yuksak salohiyat” respublika jamoat birlashmasi Farg’ona bo’limi, tuman xotin-qizlar jamoatchilik kengashi hamda tibbiyot birlashmasi hamkorligida “Sog’lom ayol – sog’lom oila” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda tuman hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi M.Mo’ydinova, “Yuksak salohiyat” respublika markazi Farg’ona bo’limi direktori Z.Oxunjonova, RIO VA RIATM Farg’ona filiali shifokori R.Aminjonov, akusher ginekolog Yo.Axmedova hamda tuman tibbiyot birlashmasining mas'ul mutaxassislari ishtirok etdilar.

Shuningdek, davra suhbatiga mahallalardagi ehtiyojmand, muammoli oilalardagi surunkali kasali bor tibbiy maslahatga muhtoj bo’lgan xotin-qizlar ham taklif etildi.


Suhbat davomida bugungi kunda xotin-qizlar orasida eng ko’p kuzatilayotgan ko’krak bezi saratoni va boshqa ekstrogenital kasalliklar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar, ulardan saqlanish hamda davolash yo’llari, shuningdek, erta va yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohlar hakida mutaxassislarning maslahatlari eshitildi.

Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislari hayotiy misollar yordamida javob, ko’rsatma va tavsiyalar berishdi.

Ko’tarinki ruhda o’tgan davra suhbatidan ishtirokchilar o’zlari uchun zarur bo’lgan bilim va ko’nikmalarni oldilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram