Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“MENING BIRINCHI SAYLOVIM” – QO’SHTEPA TUMANIDA SHU MAVZUDA TADBIRLAR TASHKIL ETILMOQDA

×

 2021-09-10 14:27:54    73

PDF yuklash
Chop etish



Joriy yil oktyabr oyida o’tkaziladigan O’zbekiston Respublikasi prezidenti saylovida birinchi marotaba ovoz berishadigan yoshlarni saylovga oid qonunchilik asoslari bilan tanishtirish, yurtimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlar haqida ma'lumot berish bugungi dolzarb vazifalardan biridir.


Qo’shtepa tumanidagi 2-sonli kasb-hunar maktabida “Mening birinchi saylovim” loyihasi asosida o’tkazilgan davra suhbatida shu alohida ta'kidlandi.


O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi Qo’shtepa tuman Kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda tuman kengashi deputatlari, tuman saylov komissiyasi raisi va partiyaning mas'ul xodimlari, shuningdek, bu yilgi saylovda ilk marotaba ovoz beradigan yoshlar ishtirok etdilar.

Noan'anaviy muzokara va munozaralar asosida o’tkazilgan tadbirda mamlakatimizda siyosiy va huquqiy tizim isloh qilinayotgani hamda fuqarolarning o’z xohish-irodasini erkin bildirishni kafolatlaydigan milliy saylov tizimi yaratilgani alohida ta'kidlandi. Saylov kodeksidagi asosiy yangiliklar haqida so’z bordi.


Tadbir davomida so’z olgan O’zXDP tuman kengashi raisi Sh.Sharopov, O’zXDP Farg’ona viloyat kengashi Yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash sektor mudiri M.Isomova, tuman saylov komissiyasi raisi R.Tojiboyev, uchastka saylov komissiyasi raisi U.Tojiboyevlar saylov qonunchiligidagi o’zgarishlar, saylov huquqlari erkinligini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida yoshlarga tushunchalar berishdi.

Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan boshqa ishtirokchilar ham mavzu bo’yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi. O’z navbatida yoshlar ham o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob olishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram