Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 24 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HOKIMNING BIR ISH KUNI

×

 2021-09-09 21:27:53    80

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig’ilish o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish bo’yicha chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


 Tuman XTBga qarashli 50-umumta'lim maktabida tashkil etilgan saylov uchastkasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda dars jarayonlari o’rganildi. Mas'ul rahbarlarga saylovga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


4-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida muassasada bolajonlarga qulay shart-sharoitlar yaratish, sanitariya gigiyeniya qoidalariga hamda oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga alohida e'tibor qaratish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Sarmazor mahalla fuqarolar yig’inida xususiy sherikchilik asosida mahalla fuqarolar yig’ini binosi qurish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mutasaddi rahbarlar hamda tadbirkorga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Yo’ldoshobod mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilgan “Kichik sanoat zonasi”da faoliyat ko’rsatib kelayotgan sanoat korxonalarida ishchilarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari sifati bilan yaqindan tanishildi. Tadbirkorlarga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirish hamda eksportni yo’lga qo’yish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi.


Shuningdek, qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olishga tayyorgarlik ko’rish hamda yetishtirilgan soya ekinlarini yig’ib olish yuzasidan joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga paxta terimi mavsumiga tayyorgarlik ishlarini yakunlash, soya hosilini nes-nobud qilmay yig’ib olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram