Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

KO’RIK-TANLOVDA ISHTIROK ETING

×

 2021-09-09 13:19:32    71

PDF yuklash
Chop etish


O’zbek milliy an'anaviy ashullachilik san'atimiz asoschilaridan biri, ijodiy va ijtimoiy faoliyati bilan xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirishga beqiyos hissa qo’shgan buyuk san'atkor, O’zbekiston xalq hofizi Ma'murjon Uzoqov ijodiy merosini yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadryatlar ruhida tarbiyalash borasidagi ulkan ahamiyatini oshirish maqsadida joriy yilning 13-sentyabr kuni Qo’shtepa tuman madaniyat bo’limi “Madaniyat Markazi” binosida tanlov bo’lib o’tadi.

Ko’rik-tanlovda qatnashish shartlari:

Ko’rik-tanlovda O’zbekiston Respublikasi Madaniyat Vaziri buyrug’i asosida 17 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yosh ijodkorlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun ma'lumotnoma (rezyume);

Pasport nusxasi;

Ma'lumot to’g’risidagi xujjat (diplom) nusxasi (mavjud bo’lsa);

O’qish yoki ish joyidan berilgan ijodiy tavsifnoma va ma'lumotnoma;

3×4 sm o’lchamdagi 2 ta va 9×12 sm o’lchamdagi 2 ta rangli fotosurat;

Ijro dasturining ro’yxati;

Erishgan yutuqlaridan namunalar (nusxasi);


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram