Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 21 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

HAR BIR KUN ALLOH TAOLONING KUNIDIR: SAFAR OYI HAQIDA

×

 2021-09-08 21:49:24    118

PDF yuklash
Chop etish



Ba'zida safar oyi haqida odamlar orasida turli xil fikrlarni eshitib qolamiz. Safarga chiqmaslik, to’y qilmaslik, yana shu kabi kattaroq biror ishni rejalashtirish bexosiyat bo’ladi, deyiladi. Xo’sh, shular rostmi?

Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda Safar oyida to’y qilib bo’lmaydi, degan ko’rsatma yo’q. Aksincha, bu oyda Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam Xadicha onamizga, Hazrati Ali raziyallohu anhu esa Fotima onamizga to’y qilib, uylanganlar.

Aslida ma'lum bir oyni fazilatli yo xosiyatsiz, deyish uchun dinimizning mo’'tabar sanalgan manbalaridan dalil kerak bo’ladi. Qur'oni karim va hadisi shariflarda Safar oyining xosiyatsiz ekani to’g’risida ma'lumot uchramaydi. Demak, hech bir dalilsiz Safar oyidan shumlana olmaymiz. Har bir kun Alloh taoloning kunidir. Unda yaxshilik ham, yomonlik ham taqdir qilingan bo’lishi mumkin. Banda ibodat, savob ishlar bilan band bo’lgan kun va oylar fazilatli, gunoh va razil ishlar bilan shug’ullangan kunlar uning uchun xosiyatsiz vaqtlardir.

Safar oyi haqida odamlar orasida tarqalgan turli xil fikrlar va holatlarga “shumlanish” deya izoh beriladi. “Shumlanish” arab tilida “tiyara”, “tatoyyur” yoki “tashaaum” deyiladi. Bu har bir narsaga yomon ko’z bilan qarash, hadiksirash, yomonlik kutish ma'nolarini bildiradi. Shumlanuvchi odam, dunyo yovuzlikka to’la, har qadamda bir balo va musibat bor, deb o’ylaydi. Aslida islom dini bizni bunday noto’g’ri e'tiqoddan qaytargan.

Aslida ma'lum bir oyni fazilatli yo xosiyatsiz, deyish uchun dinimizning mo’'tabar sanalgan manbalaridan dalil kerak bo’ladi. Qur'oni karim va hadisi shariflarda safar oyining xosiyatsiz ekani to’g’risida ma'lumot uchramaydi. Demak, hech bir dalilsiz shumlanish joiz emas. Har bir kun Alloh taoloning kunidir. Unda yaxshilik ham, yomonlik ham taqdir qilingan bo’lishi mumkin. Banda ibodat, savob ishlar bilan band bo’lgan kun va oylar fazilatli, gunoh va razil ishlar bilan shug’ullangan kunlar uning uchun xosiyatsiz vaqtlardir.

Safar oyining xususiyati yilning boshqa oylari bilan bir xildir. Bu pallada ham boshqa oylardagi kabi safar qilish, turli marosimlarni o’tkazish mumkin. Agar “safar qilinmaydi” deyishga oy nomining ma'nosi asos qilinishi sabab bo’lsa, bu nom safar qilish ma'nosini anglatmaydi. Chunki, safar qilishni anglatuvchi so’z  “sin” harfi bilan boshlanadi.

O’zbek tilining izohli lug’ati (Toshkent. 2007 y.) kitobining 461-betida:  - “safar - sayohat, sayr; biror joyga borish” deyilishi dalil keltirilgan bo’lsa, yil oyining nomi bo’lgan safar atamasi “sod” harfi bilan boshlanadi. Va bu o’rinda oyning safar deb atalishi  “sariq” rang ma'nosida keladi. Kuz fasli, hammayoq sap-sariq bo’lgan paytga to’g’ri kelgani bois, “sariq”, ya'ni “safar” degan nom beriladi. Shu sababli safar oyida safar qilinmaydi, deyishlik noto’g’ri va u  shumlanishlikdir. 

Payg’ambar (s.a.v.): “Kasallik yuqishi yo’q, boyqush yo’q, nav' yo’q va safar yo’q” dedilar” (Imom Muslim va Abu Dovud rivoyati).   Ulamolarning fikricha, hadisdagi “safar yo’q” deyilishi bilan, johiliyat davridagi safar oyidan shumlanishliklar rad etiladi.    

Xulosa shuki, aslida, oy ham, kun ham hammasi bir xil kun va oylardir. Ularda turli fazilatlar bor, ammo ularning hech birida yomonlik yo’qdir. Qizning bo’yi yetganida yoki yigit nikohga qodir bo’lganda bu oyda ularni unashtirish yoki to’ylarini qilish mumkin. Bu oyda boshqa xayrli ishlarni boshlashdan qo’rqmaslik kerak, chunki muhim ishlarni ertaga qoldirish juda katta xatodir. Ayniqsa, tezkor zamonda har bir kun, soat, hatto daqiqa va soniya ham qadrli bo’lib bormoqda. Unutmaylikki, chin mo’min banda shariatda qaytarilgan ishlardangina tiyilishi, ruxsat berilgan ishlarni amalga oshirishi lozim. Bu uning dunyoda ham, oxiratda ham baxtli hayot kechirishi uchun zamin hozirlaydi.

M.O’rmonova,

Qo’shtepa tumani bosh otinoyisi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram