Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

OILA, TURMUSH VA RO’ZG’OR SABR-TOQAT TALAB ETADI

×

 2021-09-08 16:46:03    108

PDF yuklash
Chop etish



Oila mustahkamligini ta'minlash maqsadida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi va tuman FXDYo bo’limi hamkorlikda “Yoshlar markazi” binosida tashkil etilgan tuman Mahalla va Oilani qullab-quvvatlash bo’limi qoshidagi “Yoshlarni oilaga tayyorlash maktabi”da nikohdan o’tish uchun ariza bergan yoshlar bilan davra suhbati o’tkazildi.


FHDYo mudirasi O.Karimova, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qo’shtepa tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, Muborak jome masjidining imom noibi A.Orifxo’jayev, tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova hamda Tibbiyot birlashmasi Ma'naviy ma'rfiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Siddiqovlar ishtirokida o’tkazilgan suhbatda 50 nafardan ortiq yoshlarga O’zbekiston Respublikasining “Oila kodeksi”da belgilab qo’yilgan ikki tomonning huquq va majburiyatlari hamda muqaddas dinimizda nazarda tutilgan ma'lumotlar xususida tushunchalar berildi.


– Bu kabi suhbatlar oila atalmish muqaddas qo’rg’onga qadam qo’yayotgan yigit-qizlarimizni turmushga tayyorlaydi, - deydi tuman FHDYo mudirasi O.Karimova. – Yangi uyga kelin bo’lib tushgan qiz turmush o’rtog’i va uning oila a'zolari ko’ngliga yo’l topa bilishi zarur. Sabrli bo’lishi va itoat qilishi kerak. Shundagina oila asosi mustahkam bo’ladi.

Ajrimlarga yoshlarning hayotga yengil qarashi sabab bo’layotgani, oqibatda oila buzilib, voyaga yetmagan farzand yetim bo’lib qolayotgani, uning salbiy jihatlariga to’xtaldi. Turmush qurish vaqtida shunchaki havas bilan oila qurib, keyinchalik esa turli sinovlar, ro’zg’or kamchiliklari, arzimas kelishmovchilik va qiyinchiliklarga bardosh berolmasligi tufayli oila barbod bo’lishi mumkinligi aytildi.


 – Xalqimizda inson bir umrlik jufti halolini tanlashi – taqdir qo’shilishi va peshonaga yozilgani, deb sanaladi, - deydi tuman bosh otinoyisi M.O’rmonova. – Bu ham qaysidir ma'noda to’g’ri va bor gap. Biroq, turmushning turli sinovlariga qanday yondashish esa faqatgina o’zimizga, atrofdagilarga bog’liq. Qisaqasi, oilani asrab-avaylash o’z qo’limizda.


Tadbir davomida so’z olgan Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari N.Otabekov, Muborak jome masjidining imom noibi A.Orifxo’jayev  hamda Tibbiyot birlashmasi Ma'naviy ma'rfiy ishlar bo’yicha o’rinbosari A.Siddiqovlar ham oila muqaddasligini anglash, uni asrash, farzand tarbiyalash kabi yaxshi amallar yoki uning barbod bo’lishi, farzandni yetim qilishning salbiy tomonlari xususida o’z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Nikohdan o’tish uchun ariza bilan murojaat qilgan yoshlar suhbat jarayonida ko’pgina huquqiy hamda diniy ma'lumotlarga ega bo’ldi va olgan taassurotlari bilan o’rtoqlashdilar.


Shuningdek, suhbat jarayonida to’y-hashamlarni karantin talablariga amal qilgan xolda ixcham, kamxarj qilib o’tkazish, ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik lozimligi ham aytib o’tildi. Dabdabasozliklar inson baxtini belgilay olmasligi, bunga to’g’ri amal qilinmasa, faqatgina o’zimizga zarar ekanligi borasida misollar keltirildi. 

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram