Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Mart 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 28 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

XALQ DEPUTATLARI QO’SHTEPA TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2021-09-08 10:26:55    97

PDF yuklash
Chop etish



Oltinchi chaqiriq xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashining qirq uchinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiya ishiga tuman hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi I.Novikov raislik qildi.


Deputatlar 21-Qorakaltak saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati F.Mamanazarovni sessiya kotibligiga sayladilar.


Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining barcha o’rinbosarlari, sektor rahbarlari, tegishli tashkilot, korxona va idoralar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.


Kun tartibiga ko’ra, Qo’shtepa tumanida kambag’allikni qisqartirish bo’yicha manzilli dastur ijrosi, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, byudjet daromadlar bazasini oshirish va yangi ish o’rinlarini barpo etish bo’yicha 2021 yilning olti oyida amalga oshirilgan ishlar, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarni va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo’llab-quvvatlash natijasida ish bilan bandligi va doimiy daromad manbai yaratilganligi tufayli daftarlardan chiqarish, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini tubdan islox qilish va yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF 6017-son Farmoni ijrosi yuzasidan hududlarda yoshlar muammolarini o’rganib borilishi, ularni hal etilishi, yosh avlodni iste'dodi va qobilyatlarini rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha sharoitlar yaratilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar, Jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida 2021 yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar hamda bu borada joriy yil yakuniga qadar ko’riladigan chora-tadbirlar va erishiladigan natijalar hamda tuman mahalliy byudjetining 2021 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi va shakllangan qo’shimcha manbalardan maqsadli foydalanish to’g’risida sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari va tegishli idora rahbarlarining hosobotlari tinglandi.

Qolaversa, sessiya ishida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlarni tavsiya etish to’g’risidagi masala ham ko’rib chiqildi. 


O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar sessiya ishtirokchilariga birma-bir tanishtirildi.


Sessiya jarayonida Qo’shtepa tumani hududida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o’tkazuvchi uchastka saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar ilovaga muvofiq 11-Farg’ona okrug saylov komissiyasiga tasdiqlash to’g’risida tegishli qaror qabul qilindi.


Qizg’in bahs va muzokaralarga boy tarzda o’tgan sessiyada mutasaddi idora rahbarlari va xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari Sh.Sharapov hamda A.Abdumalikovlar o’zlarining taklif va mulohazalarini bildirib o’tishdi.

Sessiya davomida kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar to’liq ko’rib chiqildi va ushbu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.


Shuningdek, sessiya davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2021 yil 22 apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo’mitalari tomonidan o’tkaziladigan ko’rik-tanlovlar to’g’risida”gi KQ-214-IV-conli qaroriga asosan e'lon qilingan “Eng yaxshi ijtimoiy tashabbus” hamda “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko’rik tanlovining tuman bosqichi g’oliblari O’zbekiston Xalq demakratik partiyasi Qo’shtepa tuman Kengashi raisi Sh.Sharopov, “Zamondosh yoshlar” oilaviy korxonasi rahbari F.Mamanazarov, “Shaxzodabonu omad fayz” xususiy korxonasi rahbari A.Axmadjonov, Qo’shtepa tumani hokimi, Xalq deputatlari Qo’shtepa tuman Kengashi raisi I.Novikov va “Qorajiyda” MFY raisi A.Sulaymonovlarga Qo’shtepa tuman Kengashining faxriy yorliqlari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram