Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 16 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-09-07 21:15:27    78

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov bugun “Istiqbol” mahalla fuqarolar yig’inida bo’lib, “Mahallabay” tizimi asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi muammolarini aniqlash maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Tuman rahbari kelgusidagi muhim vazifalar yuzasidan mas'ul rahbarlarga o’zining tegishli topshiriqlarini berdi.


I.Novikov tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 4-umumta'lim maktabida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari, shuningdek, muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Istiqbol mahalla fuqarolar yig’ini hududida “Obod qishloq” Dasturi asosida yangi qurilayotgan 11-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan mutasaddi rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Qorajiyda mahalla fuqarolar yig’ini hududida tashkil etilayogan “Kichik sanoat zonasi”da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishgan sektor rahbari, bu yerda yangi tashkil etilayotgan sanoat korxonalari loyihalarini qisqa muddatlarda ishga tushirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

2021 yil hosili uchun yetishtirilgan paxta hosilini yig’ib-terib olish, defoliatsiya tadbirlarini belgilangan muddatlarda o’tkazish hamda 2022 yil hosili uchun boshoqli don ekish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganilib, qishloq xo’jaligi tashkilotlari hamda fermer xo’jaliklari rahbarlari ishtirokida joylarda yig’ilishlar o’tkazildi. Amalga oshirilishi muhim bo’lgan vazifalar bo’yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram