Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/8bb11704bd017d20c84dd.jpg)
2021-08-31 22:33:56 120
![](https://telegra.ph/file/8bb11704bd017d20c84dd.jpg)
Joriy yilning 29 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy video murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Do’rmon MFYda 2 oydan beri suv yo’q. Holbuki, to’lovlarni vaqtida to’layapmiz. Loyqa kanal suvini ichishga majbur bo’lyapmiz. Mutasaddilardan amaliy harakat kutib qolamiz” – deya shikoyat qilingan.
Qo’shtepa tumani, Do’rmon mahallasidan yo’llangan ushbu murojaat yuzasidan “Farg’ona suv ta'minoti” mas'uliyati cheklangan jamiyati Qo’shtepa tumani filiali shuni ma'lum qiladi:
“Do’rmon MFY hududidagi mavjud ichimlik suvi qudug’i yer osti suvlari qochganligi tufayli debiti pasaygan. Joriy yilda obod qishloq dasturi asosida olib borilgan qurilish ishlari natijasida eskirgan suv quvurlarida nosozliklar yuzaga kelgan va ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar kuzatildi. Bugungi kunda nosozliklar ta'mirlanib, ichimlik suvi ta'minoti yaxshilandi.”
![](https://telegra.ph/file/e7f05a75ccd4ea3d0a777.jpg)
Qo’shtepa tumani hokimligi