Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 280 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“AN'ANAVIY AVGUST KENGASHI” BO’LIB O’TDI

×

 2021-08-30 19:18:17    145

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim tizimi xodimlari uchun “Zamonaviy usullar orqali maktabgacha ta'lim sifatini ta'minlash” shiori ostida 26-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “An'anaviy avgust kengashi” bo’lib o’tdi.


Unda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdilar.


 Tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, barcha ishtirokchilarni mustaqilligimizning 30 yillik bayrami va yaqinlashib kelayotgan yangi o’quv yili bilan tabriklab, pedagog xodimlarga zafarlar tiladi.


Qo’shtepa tumani maktabgacha ta'lim bo’limi mudiri R.Toshxo’jayev o’z ma'ruzasida ushbu tizimda 2020-2021 o’quv yili davomida olib borilgan ishlar va yangi o’quv yilida amalga oshiriladigan asosiy vazifalarga to’xtalib o’tdi. 


Tadbir davomida iqtidorli bolajonlar ishtirokida raqslar, qo’shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga a'lo kayfiyat ulashdilar.


Bolajonlarga ta'lim-tarbiya berishda faol mehnat qilgan 37 nafar pedagog xodimlar tuman xokimligi hamda kasaba uyushmasining faxriy yorliqlari va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram