Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 14 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TEZ TIBBIY YORDAM SHAHOBCHASI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2021-08-30 15:14:19    196

PDF yuklash
Chop etish



Respublikamizda bo’lgani kabi Qo’shtepa tumanida ham keyingi yillarda aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish, tez tibbiy yordam stantsiya va shahobchalarini barpo etish, ularni yetuk kadrlar bilan ta'minlash borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.


Birlamchi tibbiyot muassasalarini maqbullashtirish va ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga e'tibor kuchaytirildi. Jumladan, Do’rmon qishloq vrachlik punkti binosi yaroqsiz holatda edi. “Obod qishloq” davlat dasturi bo’yicha ushbu bino mukammal ta'mirlandi, 


Ushbu jarayon uchun 565 million so’m mablag’ sarflanib, qurilish ta'mirlash ishlari “Tabassum So’x savdo” xususiy korxonasi tomonidan olib borildi.

Bugun zamonaviy ko’rinishga ega bo’lgan bu majmua “Do’rmon” qishlog’ining ko’rkiga ko’rk qo’shmoqda.


Mukammal ta'mirlangan ushbu binoda tuman tibbiyot birlashmasi ko’p tarmoqli markaziy poliklinikasiga qarashli Do’rmon tez tibbiy yordam shahobchasi o’z faoliyatini boshladi.


Bo’lib o’tgan tadbirda tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, shuningdek, tibbiyot xodimlari, mahalla faollari va nuroniylari ishtirok etdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram