Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 282 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“XALQ QABUL KUNI” TASHKIL ETILDI

×

 2021-08-29 15:17:59    125

PDF yuklash
Chop etish


Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sh.Shermatovning tashabbusi bilan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash tizimiga yanada e'tibor kuchaytirilmoqda.

Shu munosabat bilan Qo’shtepa tumani xalq ta'limi bo’limi mudiri Z.Tojiboyev tumandagi 37-umumiy o’rta ta'lim maktabida “Xalq qabul kuni” munosabati bilan qabul o’tkazdi.

Ushbu tadbirda tizimdagi pedagoglar, kuzatuv kengashi a'zolari ota-onalarning murojaatlari tinglandi.

Turli masalalardan iborat fuqarolar murojaatlarini tegishli soha vakillari, tashkiliy ishchi guruhlar bilan birgalikda joyida ijobiy hal etilishida qonun talablariga asoslandi. Ta'lim tizimidagi barcha yangiliklar hamda islohotlar aholiga yetkazilib, tushuntirish ishlari olib borildi.

Murojaatlar asosan 1-sinfga qabul, maktab formasi hamda ishga joylashtirish masalasida bo’ldi. Qabulda 60 dan ortiq ota-onalar hamda 30 nafar pedagoglar ishtirok etishdi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram