Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 234 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

“O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING 30 YILLIGI” ESDALIK NISHONLARI TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI

×

 2021-08-28 20:32:16    159

PDF yuklash
Chop etish



Yangi O’zbekiston tarixidagi buyuk va shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o’ttiz yillik bayramini xalqimiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqda.

Mamlakatimizda yangi demokratik davlat, fuqarolik jamiyati barpo etish yo’lida o’tgan davrda amalga oshirilgan ulkan ishlar, erishilgan yuksak natijalarda, hech shubhasiz, hayotimizning turli soha va tarmoqlarida fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning beqiyos hissasi bor.

Bunday olijanob insonlarning el-yurt oldidagi xizmatlarini e'tirof etish va munosib taqdirlash vatandoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimizni yuksak marralar sari ruhlantirish, ular qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg’ularini kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Mamlakatimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini oshirishga katta hissa qo’shayotgan, davlatimiz iqtisodiyoti va aholi farovonligini yuksaltirishda ibrat va namuna bo’lib kelayotgan, jamiyatimizda tinchlik va barqarorlikni, millatlararo totuvlik va bag’rikenglikni ta'minlash, yosh avlodni sog’lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda alohida fidoyilik ko’rsatayotgan yurtdoshlarimiz bayram arafasida “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan mukofotlanmoqdalar.


Bugun Qo’shtepa tumani hokimligining majlislar zalida viloyat hokimi o’rinbosari J.Xatamov boshchiligida, shuningdek, tuman hokimi I.Novikov va sektor rahbarlari, tuman hokimining o’rinbosarlari, deputatlar, hokimlik jamoasi, tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida qo’shtepaliklarga “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni topshirildi.


Tadbir davomida tumanimizdagi 146 nafar chinakam ma'noda o’z kasbining fidoiylari va mehnat mehnat faxriylariga “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.


Viloyat hokimi o’rinbosari J.Xatamov esdalik nishoni egalarini qutlarkan, muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida olib borilayotgan islohotlar samarasi haqida to’xtalib, Yangi O’zbekistonimizni yanada rivojlantirish, yangilanish, o’zgarishlarga munosib hissa qo’shayotgan fuqarolarimiz har doim e'tiborda ekanligi, ularning sharafli mehnatlari hamisha e'tirof etilishini ta'kidladi.

Shuningdek, tadbirda so’z olgan tuman hokimi I.Novikov va mehnat faxriysi Yu.Roziqovlar mukofotlanganlarni tabriklab, o’zlarining samimiy tilaklarini bildirdilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi 


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram