Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHALOQ BAYRAM SHUKUHI
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/8838ecc3378baa28088b8.jpg)
2021-08-27 21:16:47 113
![](https://telegra.ph/file/8838ecc3378baa28088b8.jpg)
Shu kunlarda o’lkamizning barcha hududlarida Mustaqilligimizning 30 yilligi keng tantana qilinmoqda. Shodu-xurramlik bilan kutib olinayotgan bu bayram qo’shtepalik bolajonlarga qo’shaloq bayram shukuhini ulashdi.
![](https://telegra.ph/file/1c7ff9190ba04929e0add.jpg)
![](https://telegra.ph/file/dcecf878460e8d303d37a.jpg)
Tumanimizda bog’cha yoshidagi bolalar qamrovini oshirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi arafasida “Nurafshon”, “G’ishtmon”, “Yangi do’kon”, “O’qchi” va “Fayz” mahalla fuqarolar yig’inlari hududida maktabgacha ta'lim tashkilotlari o’z faoliyatlarini boshladi.
![](https://telegra.ph/file/c14090512e28bfde764ec.jpg)
![](https://telegra.ph/file/bc9640ad9462b181aeb30.jpg)
Bugun yangi qurib bitkazilgan ko’rkam va shinam, bolajonlar uchun barcha qulayliklarga ega bo’lgan 120 o’rinli 27-DTM foydalanishga topshirildi. Shuningdek, 4 ta oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari ham o’z faoliyatlarini boshladi.
![](https://telegra.ph/file/15bdf839849100d30de38.jpg)
![](https://telegra.ph/file/47715cff10567c947bc74.jpg)
Bo’lib o’tgan tadbirlarda tuman rahbari I.Novikov ishtirok etdi. Tuman hokimi Davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish yuzasidan olib borilayotgan isloxotlarga to’xtalib, yangidan ochilayotgan muassasalar faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
![](https://telegra.ph/file/dc8efc7c979f3abe7f4ef.jpg)
![](https://telegra.ph/file/06a45737a5f74f23d9f83.jpg)
Qo’shtepa tumani hokimligi