Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 290 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPADA 48 NAFAR YOSHLARNING BANDLIGI TA'MINLANDI

×

 2021-08-27 20:26:29    124

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumanida yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda ularning bandligini ta'minlash borasida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, tumanimizda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, ularning bandligini ta'minlash hamda tadbirkorlikka yo’naltirish maqsadida Davlatimiz Mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida “Yoshlar jamg’armasi” mablag’lari hisobidan 48 nafar yoshlarga subsidiya asosida mehnat qurollari hamda 10 nafar yoshlarga naqt pul ko’rinishdagi bir martalik moddiy yordam mablag’lari topshirildi. 


Bo’lib o’tgan tadbirni tuman hokimi I.Novikov ochib, Davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e'tibor hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlarga to’xtalib o’tdi. 


Tadbir davomida sektor rahbarlari hamda mas'ullar ishtirokida mehnat qurollari hamda moddiy yordam mablag’lari o’z egalariga topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram