Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
QO’SHTEPA TUMANIDA MUSTAQILLIK BAYRAMI KENG NISHONLANDI - FOTO
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/5ec48198e0b759c23513d.jpg)
2021-08-27 14:10:46 132
![](https://telegra.ph/file/5ec48198e0b759c23513d.jpg)
Bugun Qo’shtepa tumanida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» shiori ostida tashkil etilgan bayram tadbiri bo’lib o’tdi.
![](https://telegra.ph/file/3709a668635c659033e4c.jpg)
Tuman hokimi Ilyosbek Novikov O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi bilan tuman ahlini muborakbod etdi.
![](https://telegra.ph/file/1993041be64fcb0171388.jpg)
Tadbirda yangragan Respublikamiz madhiyasi qalblarga g’urur bag’ishladi.
![](https://telegra.ph/file/e8e722f0c1239376d4cd3.jpg)
![](https://telegra.ph/file/81fcefbf96c607f70a799.jpg)
![](https://telegra.ph/file/2bee215cf70d3447a87d7.jpg)
![](https://telegra.ph/file/641a83df996a3078558ef.jpg)
Tuman madaniyat bo’limi xodimlari o’z chiqishlari bilan bayramni boshlab berishdi.
![](https://telegra.ph/file/9ad8ec11fd00a43f4002b.jpg)
![](https://telegra.ph/file/36ca219b8d0a1e6323ac8.jpg)
Bayram tadbiriga O’zbekiston xalq hofizi Ilhomjon Ibrohimov, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Qilichbek Tojiyev hamda Baxodir Mamajonov, Akmal Sadixonov kabi taniqli san'atkorlar ham tashrif buyurib, o’z san'atlari bilan tuman ahliga ko’tarinki ruh bag’ishladi.
![](https://telegra.ph/file/1ba25f0287d12071360c4.jpg)
![](https://telegra.ph/file/e7e985456e0cb869843bf.jpg)
![](https://telegra.ph/file/74a757f2da71aea8cdf9d.jpg)
![](https://telegra.ph/file/53f95ca97778e64e0f3d4.jpg)
Go’zal kuy-qo’shiqlardan zavq olganlar yayrab o’ynadi. Kayfiyatlari tog’dek ko’tarildi.
Bayram tantanalaridan surur tuygan tumandoshlarimiz tilida «Yangi O’zbekistonda erkin va farovon yashaylik» degan so’zlar qalb izhori yanglig’ yangrab, dillardan dillarga ko’chdi desak mubolag’a bo’lmaydi.
![](https://telegra.ph/file/1a85b700b4d02cf24340e.jpg)
![](https://telegra.ph/file/a5df912a5c0e77fa66d58.jpg)
![](https://telegra.ph/file/6fcef8a8c04c6a0170dfe.jpg)
Shuningdek, bayram tadbirida Qo’shtepa tumanida faoliyat yuritayotgan hunarmand va tadbirkorlar o’z mahsulotlarining ko’rgazmasi bilan ishtirok etdilar.
Qo’shtepa tumani hokimligi