Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 170 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-25 20:59:22    111

PDF yuklash
Chop etish



Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov tumanda “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig’ilish o’tkazdi. Tuman hokimi tomonidan mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish, tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’ini hududida faoliyat ko’rsatib kelayotgan “GRAF TEXTIL” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflarini berdi.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyul kungi “Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5204-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 1-sektor hududidagi “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshga to’lmagan farzandlari uchun ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullari mas'ul rahbarlar ishtirokida o’z egalariga yetkazib berildi.


Tuman hokimi Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 7, 8, 12 va 13-umumta'lim maktablari hamda “Oqtepa” mahalla fuqarolar yig’ini binosida tashkil etilgan saylov uchastkalarida O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o’rgandi. Saylov uchastkalaridagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


“Karnaychi” mahalla fuqarolar yig’ini xodimlariga qulay shart sharoitlar yaratish maqsadida yangi zamonaviy ko’rinishda qurilayotgan binoda olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari bilan tanishgan sektor rahbari mas'ul rahbarlarga qurilish ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda Davlatimiz Mustaqilligining 30 yillik bayrami arafasida foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berdi.


Shuningdek, “Karnaychi” mahalla fuqarolar yig’inida G.Axmedova tomonidan tashkil etilgan tikuvchilik tsexi faoliyati bilan ham tanishib, tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o’rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram