Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 263 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-24 20:46:42    177

PDF yuklash
Chop etish



O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 iyul kungi “Kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarini qo’llab-quvvatlashning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-5204-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida 1-sektor hududidagi “Qiyqi” mahalla fuqarolar yig’inida “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning 18 yoshga to’lmagan farzandlari uchun ajratilgan bir martalik moddiy yordam pullari mas'ul rahbarlar ishtirokida o’z egalariga yetkazib berildi.


Tuman rahbari 5-umumta'lim maktabida bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tumanda yoshlar o’rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilib, iqtidorli sportchilar munosib taqdirlanib kelinmoqda. Jumladan, bugun tuman hokimi I.Novikov, DXX Marg’ilon shahar bo’limi boshlig’i Sh.Xatamov sportning “Belbog’li kurash” turi bo’yicha 4-8 sentyabr kunlari Tatariston Respublikasida o’tkaziladigan jahon chempionatida ishtirok etish yo’llanmasini qo’lga kiritgan Shahartepa mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi G.Murotaliyeva bilan uchrashdilar. Sportchiga tuman hokimligining esdalik sovg’alari hamda safar xarajatlarini qoplash maqsadida moddiy ko’mak berildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram