Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 288 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

QO’SHTEPANING ENG ISHBILARMON AYOLLARI

×

 2021-08-24 14:04:35    180

PDF yuklash
Chop etish



O’zLiDeP Qo’shtepa tuman Kengashi tomonidan Qo’shtepa tuman Madaniyat markazida «Ishbilarmon ayol – 2021» ko’rik-tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.

Mazkur ko’rik-tanlovda partiyaning ayollar masalalari bo’yicha rais o’rinbosarlari, Xalq deputatlari tuman Kengashidagi ayol deputatlar, boshlang’ich partiya tashkilotlardagi faol xotin-qizlar, o’nlab tadbirkor va fermer ayollar, partiyaning mas'ul xodimlari, shuningdek, hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

– Mazkur ko’rik-tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad – mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, siyosiy jarayonlarning mazmun-mohiyatini ayollar o’rtasida kengroq targ’ib qilish, iqtisodiyotimizni yuksaltirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga munosib hissa qo’shayotgan xotin-qizlarimizni rag’batlantirishdan iboratdir, – dedi partiyaning tuman Kengashi apparat rahbari Sherzodjon Rahmonov. – Shu bilan birga, tadbir jarayonida hududlarda xotin-qizlar o’rtasida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, mamlakat iqtisodiyotida ular ishtirokidagi xususiy sektor ulushi va ahamiyatini oshirish, jamiyatda xotin-qizlar tadbirkorligini yangi bosqichga olib chiqish, ilg’or tajribalarni ommalashtirish, kasbiy mahorat va bilim darajasini yuksaltirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratishdan iboratdir.


Ko’rik-tanlovda ishtirok etayotgan ayollar tomonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar ko’rgazmasi tashkil etildi. Tanlov jarayonida esa ishtirokchilarning zamonaviy ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish orqali yangi ish o’rinlari yaratilganligi, eksportga yo’naltirilgan yoki import o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarilayotganligi, aholiga xizmat ko’rsatish qay darajada yo’lga qo’yilganligiga alohida e'tibor qaratildi.

Ko’rik-tanlov yakunida hakamlar hay'ati tomonidan g’olib deb topilgan xotin-qizlar partiya tomonidan diplom va “Eng yosh tadbirkor ayol”, “Eng tashabbuskor tadbirkor ayol”, “Eng saxovatpesha tadbirkor ayol” kabi turli nominatsiyalar g’oliblari ham esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Tanlovda hunarmand Dilbarxon Baxromova g’olib deb topilib, viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo’lga kiritdi.

Rishton tumanida bo’lib o’tgan ko’rik-tanlovning viloyat bosqichida Qo’shtepa tumanidan ishtirok etgan tadbirkor ayollar munosib ishtirok etib, sovrindor bo’lishdi va tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram