Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan veb sayt orqali bo'lgan murojaatlar
Jami murojaatlar: 38Ishonch telefoni statistikasi
IJTIMOIY TARMOQLARDA TARQATILGAN XABARGA MUNOSABAT
![](https://qoshtepa.uz/uploads/bot/025e7326d6bd49f1c116c.jpg)
2021-08-23 17:42:54 127
![](https://telegra.ph/file/025e7326d6bd49f1c116c.jpg)
Joriy yilning 19-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali tanqidiy murojaat e'lon qilingan edi.
Ushbu murojaatda: – “Farg’ona viloyati Qo’shtepa tumani Xumdon MFY Baxt ko’chasidagi 9-uydan yozmoqdamiz. “Dom”imiz 18 ta xonadondan iborat. Tumandagi barcha namunaviy uylar asfalt qilingan, lekin bizning namunaviy uyimizdagi asfaltlash to’liq qilinmagan. Derazalar ham sal shabada bulsa ochilib ketyapti. Yo’lni qachon asfalt qilib berishadi? Biz kredit to’laylikmi, uyga non sotib olaylikmi yo yo’lni ta'mirlaylikmi? Va'dani tezroq bajarishlarini so’raymiz” – deya shikoyat qilingan.
Ushbu murojaat tuman hokimligi va shu sohaga daxldor mutaxassislar tomonidan “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonunining tegishli moddalariga asosan joyiga borib o’rganib chiqildi.
O’rganishlar jarayonida Qo’shtepa tumani “Xumdon” MFY Baxt ko’chasidagi 9-uyga kirish yo’laklari asfalt qilinmaganligi sababli hashar yo’li bilan beton yo’lak qilinganligi, fuqarolar tomonidan ushbu hududga mos ravishda boshqa joyni asfaltlashtirib berishni so’rashayotganliklari aniqlandi.
Fuqarolarga asfaltlashtirish ishlari tegishli dasturlar asosida belgilangan tartibda bosqichma-bosqich amalga oshirilishi to’g’risida tushuntirishlar berildi.
Qo’shtepa tumani hokimligi