Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 39 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

BOLALAR NAFAQASI VA MODDIY YORDAM MIQDORI O’ZGARDI

×

 2021-08-23 16:37:50    1679

PDF yuklash
Chop etish











Kam ta'minlangan oilalarni qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj oilalarning moddiy ta'minotini kuchaytirish masalalari doimiy ravishda davlatimiz va hukumatimiz e'tibori va g’amxo’rligidadir.

Buning yaqqol misoli sifatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 avgustdagi “Kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam ko’rsatish hamda qambag’allik bilan kurashish ko’lamini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmonini ko’rsatishimiz mumkin. Ushbu farmonga asosan bola tarbiyalayotgan oilalarni qo’llab-quvvatlash tizimining samaradorligini oshirish, ijtimoiy himoya va ko’makka muhtoj oilalar moddiy ta'minotini kuchaytirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashda umume'tirof etilgan xalqaro standartlarni va avtomatlashgan shaffof elektron baholash mexanizmlarini joriy etish orqali nafaqalarni to’lash tizimini bolalar salohiyatini rivojlantirish va kambag’allikni qisqartirishga qaratish maqsadida 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab:

14-yoshgacha bolalari bo’lgan oilalarga nafaqa hamda bola 2 yoshga to’lgunga qadar uni parvarish qilish nafaqasi o’rniga kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqasi joriy etiladi. Bunda bolalar nafaqasini tayinlashda inobatga olinadigan bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha oshiriladi. To’lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi. Uning miqdorini oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilash tartibi qo’llaniladi. 

Yakka-yolg’iz bo’lgan fuqarolarga, farzandi bo’lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanadi.

Farmonga asosan 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bolalar nafaqasi va kam ta'minlangan oilalarga moddiy yordam to’lovlarining miqdorlari quyidagicha belgilanmoqda.

a) Bolalar nafaqasining har oylik miqdori:

250 000 so’m – 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bitta farzand uchun. 325 000 so’m – yoshi 3 yoshgacha bo’lgan bitta kichik farzand uchun. 150 000 so’m – oilaning ikkinchi farzandi uchun qo’shimcha. 100 000 so’mdan – oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun.

Masalan, bir oilaning 3 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan 3 nafar farzandi bor. Birinchi farzand uchun 250 000 so’m, ikkinchi farzandi uchun 150 000 so’m, uchinchi farzandi uchun 100 000 so’m, jami 500 000 so’m nafaqa tayinlanadi.

Agar farzandlar soni to’rtta bo’lsa, yana 100 000 so’m qo’shilib, 600 000 so’m nafaqa tayinlanadi.

Kichik farzandi 3 yoshga to’lmagan 18 yoshgacha 3 nafar farzandi bor oilaga 3 yoshdan kichik farzandi uchun 325 000 so’m, ikkinchi farzandi uchun 150 000 so’m, uchinchi farzandi uchun 100 000 so’m, jami 575 000 so’m nafaqa tayinlanadi.

Agar farzandlar soni to’rtta bo’lsa, yana 100 000 so’m qo’shilib, 675 000 so’m nafaqa tayinlanadi. Bu nafaqalar 12 oy muddatga tayinlanadi.

b) Kam ta'minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori – 380 000 so’m qilib belgilandi. Farmondan kelib chiqib, moddiy yordam endilikda yakka-yolg’iz bo’lgan fuqarolarga, farzandi bo’lmagan yoki barcha farzandlari 18 yoshdan katta bo’lgan kam ta'minlangan oilalarga tayinlanishi belgilanganligi uchun 18 yoshgacha farzandi bor oilalarga moddiy yordam tayinlanmasligi hamda bunday farzandlari bor oilalarning moddiy yordam tayinlash to’g’risidagi arizalari ko’rib chiqilmasligiga e'tibor berishimiz kerak.

Farmon chiqqandan so’ng aholi orasida hozirda tayinlangan va to’lab kelinayotgan nafaqalar avtomatik ravishda keyingi 6 oyga uzaytirilib, 12 oygacha to’lanishi to’g’risida tushunmovchiliklar kelib chiqishi mumkin. Farmonda 2021 yil 1 sentyabrgacha tayinlangan nafaqalarni to’lash muddatlari amaldagi muddatlar bo’yicha davom ettirilishi belgilangan. Demak, avval tayinlangan nafaqalar tegishli (2 yoshgacha nafaqa 12 oy, 14 yoshgacha nafaqa va moddiy yordamlar 6 oy) muddatlariga qadar to’lab beriladi. Fuqarolar ushbu tayinlanib, to’lab kelinayotgan nafaqalarning muddati tugagandan keyin yangi tartib bo’yicha yana murojaat qilishlari mumkin.

Kam ta'minlangan oila, deb topilib, nafaqa tayinlangan shaxslarning nafaqalariga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 14 oktyabrdagi “Don, un va non yetkazib berish tizimiga bozor mexanizmlarini to’liq joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori, 5-bandiga asosan don, un va qolipli non uchun kompensatsiya pul-to’lovlari (50 000 so’mdan) qo’shib, to’lab kelinayotgan edi. 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab bu kompensatsiya pul-to’lovlarini to’lash bekor qilinganligini e'tibordan chiqarmaslik lozim. Chunki aholi tomonidan “Menga yangi nafaqa tayinlangan edi, kompensatsiya pul-to’lovi berilmayapti, mendan oldin tayinlanganlar (albatta 01.09.2021 yilgacha tayinlangan nafaqalar nazarda tutilmoqda) kompensatsiya pul-to’lovi olmoqda”, tarzidagi murojaatlar kelib tushishi mumkin. Ushbu holatlarda aholiga ushbu farmon mohiyatidan kelib chiqib tushuntirishlar berish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Eslatma: amalda 2 yosh nafaqa puli – 434 000 so’m (+50 000 so’m non puli). 14 yosh nafaqa puli 1 ta bolaga 144 000 so’m (+50 000 so’m non puli). 2 ta bolaga 238 700 so’m (+50 000 so’m non puli). 3 ta bolaga 334 400 so’m (+50 000 so’m non puli). Moddiy yordam puli 326 000 so’m (+50 000 so’m non puli).

Farmon ijrosini ta'minlash uchun “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimiga tegishli o’zgartirishlar kiritilishi belgilangan.

Qo’shtepa tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating

Facebook, Telegram