Shrift o'lchami Rang Rasm

<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 38 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-21 21:18:42    114

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Qo‘shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov ishtirokida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Tuman hokimi mas’ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har bir murojaatda ko‘tarilgan muammolarni manzilli o‘rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan topshiriqlar berdi.

Tuman rahbari 33-umumta’lim maktabida bo‘lib, muassasada tashkil etilgan saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Muassasadagi mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

“Sohibkor” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Sardoba ko‘za plast” mas’uliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan tanishgan tuman hokimi tomonidan tadbirkorga faoliyatini kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlari tashkil etish yuzasidan tegishli takliflar berildi.

Tumanda “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar hamda yoshlarni bandligini ta’minlash va tadbikorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o‘rganildi. Tuman hokimi tomonidan ushbu sohada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Tumanda mahallabay ishlash tizimi asosida aholi muammolarini aniqlash hamda tizimli hal etish 1-sektor shtabi boshqaruv ofisi a’zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Ishchi guruh a’zolari tomonidan aniqlangan muammolarni manzilli hal etish hamda aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligi tashkilotlari hamda fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirokida 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi hamda kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.  Tuman hokimi tomonidan mas’ul rahbarlarga paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o‘tkazish va kuzgi boshoqli don ekinlarini ekishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Qo‘shtepa tumani hokimligi