Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 298 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi

TUMAN HOKIMI HUDUDLARDA

×

 2021-08-19 21:38:13    107

PDF yuklash
Chop etish



Bugun Qo’shtepa tumani hokimi, 1-sektor rahbari I.Novikov rahbarligida “Aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini mutlaqo yangicha tashkil qilish chora-tadbirlari” yuzasidan mas'ul rahbarlar ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. Mas'ul rahbarlarga aholi murojaatlari bilan ishlashda davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan tizim asosida har-bir murojaatda ko’tarilgan muammolarni manzilli o’rganish va ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilash yuzasidan topshiriqlar berildi.

Tuman rahbari “Dehqon bozori” mas'uliyati cheklangan jamiyatida bo’lib, bozor hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. Aholiga yetkazib berilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narx-navolarini asossiz oshirish holatlarini oldini olish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman Xalq ta'limi bo’limiga qarashli 10-umumta'lim maktabida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari hamda muassasada O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi sayloviga hamda yangi o’quv yiliga munosib tayyorgarlik ko’rish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ham o’rganildi. Tuman hokimi tomonidan muassasada mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas'ul rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.


7-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotida “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlari tuman hokimi tomonidan o’rganildi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.


Tuman rahbari “Do’rmon” shifokor xizmat uyida bo’lib, muassasada “Obod qishloq” Dasturi asosida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash ishlarini o’rgandi. Mutasaddi rahbarlarga qurilish-ta'mirlash ishlarini qisqa muddatlarda yakunlash hamda foydalanishga topshirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, I.Novikov tomonidan paxta maydonlarida olib borilayotgan agrotexnik tadbirlarning bajarilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o’rganildi. Mas'ul korxona va tashkilot rahbarlariga 2021 yil hosili uchun ekilgan paxta maydonlarida agrotexnik tadbirlarni uyushqoqlik bilan o’tkazish yuzasidan tegishli ko’rsatmalar berildi. Shuningdek, paxta maydonlarida mehnat qilayotgan mexanizatorlarga tuman hokimligining esdalik sovg’alari topshirildi.

Qo’shtepa tumani hokimligi


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram